Halovat Uylari

«HALOVAT UYLARI» — bu noyob dizayn, har bir detalda ranglar uyg’unligi, professional me’morlar tomonidan puxta o’ylangan loyiha

SHAHAR ICHIDA HALOVAT UYLARI

«ZAYTUNLI» TURAR-JOY MAJMUASI — bu noyob dizayn, har bir detalda ranglar uyg’unligi, malakali me’morlar tomonidan puxta o’ylangan loyiha va albatta halovat uchun muhim bo’lgan ajoyib bog’dan tashkil topgan ko’p funksional obyekt.

«Zaytunli» halovat uylarida chinakam baxt va osoyishtalikni his etasiz! Chunki tadqiqotlarga ko’ra yashil rang insonni tinchlantiradi, ruhiy va jismoniy xotirjamlikni ta’minlaydi.

Aynan shuning uchun bizda landshaft dizayniga alohida e’tibor qaratilgan.

Aytib o’tish joizki fasad qoplamasini tanlashda ham yorqin ammo ko’zni charchatmaydigan ranglardan foydalanilgan.

«Zaytunli» turar-joy majmuasini birinchi qavatlaridan uy xarid qilib siz 60 m² dan 150 m² gacha bo’lgan shaxsiy yashil bog’ga ega bo’lib, o’z oilangiz va yaqinlaringiz davrasida mazmunli vaqt kechirishingiz mumkin.

GALEREYA

«ZAYTUNLI» TJM OILANGIZ VA O'ZINGIZ UCHUN ENG TO'G'RI TANLOV!

Bu yerda siz o’zingizni toza havo va ajoyib bog’ qamrovida halo - vatda his qilishingiz mumkin. 3000 m² dan ortiq maydonda turli xil daraxtlar va yashil hududlar tashkil etiladi.

Hayotimiz mazmuni bo’lmish bolalar uchun ham barcha sharoitlar yaratiladi. Ichki hovlida barpo qilinadigan 560 m² li bolalar maydon - chasida farzandingiz xavfsizlikda o’ynashlari mumkin.

Sog’lig’ingiz haqida ham o’ylab qo’yganmiz. 340 m² hududda sport maydonchasi tashkil etiladi

Oxirgi qavatda siz ajoyib ko’rinishga ega terrasali honadon xarid qilish imkoniyatiga egasiz. Ushbu ayvonlarda do’stlaringiz va yaqin - laringiz bilan hordiq chiqarishingiz mumkin.

HAVFSIZ AVTOTURARGOH

Binoning yer to’la qismida joylashgan avtoturargoh honadon egalari avtotransport vositalarini ob-havo omillaridan saqlab tura oladi.

Avtoturargoh so’nggi yong’inga qarshi tizim, kuzatuv-nazorat tizimlari bilan jihozlanadi va jahon standartlariga javob bera oladi.

INTERYER

Loyihamizning har bir detallari malakali mutaxassislar tomonidan o’ylab chiqilgan. «Zaytunli» TJMdan uy sotib olib, siz ijod uchun katta imkoniyatlar ochasiz, yaxshi rejalashtirilgan dizayn sizga yashash uchun qulay va zamonaviy makon yaratish imkoniyatini beradi.

PLANIROVKALAR

JOYLASHUVI

«Zaytunli» turar-joy majmuasi Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan. Kompleks yaqinida “Do’stlik bog’i” joylashganligi aholiga yanada qulaylik. Turar-joy majmuasidan 1400 metrlik radiusda “Do’stlik” metrosi, “Islom Ota” masjidi va “ALFRAGANUS” savdo majmuasi joylashgan.

Toshkent shahar, Yashnobod tumani , Axsikat ko’chasi, 177 uy.
KONTAKTLAR
Axsikat ko’chasi, Yashnaobod tumani ,Toshkent shahri, O’zbekiston.
Close
Savollaringiz bormi?